Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

"Yuventus" Veani "Marsel"ga qo‘yib yuborishdan bosh tortmoqda - sababi ma’lum

"Yuventus" Veani "Marsel"ga qo‘yib yuborishdan bosh tortmoqda - sababi ma’lum

Baho:
+ | -

"Marsel" hamon "Yuventus" bilan Timoti Veaning transfer shartlari bo‘yicha kelisha olmayapti.

Lateral pozisiyasida o‘ynaydigan 25 yoshli vinger provansliklar safiga o‘tishga rozilik bildirdi va tezroq transfer amalga oshishiga umid qilmoqda, ammo klublar o‘rtasidagi muzokaralar oson kechmayapti. Veaning agenti hayron, chunki iyun oyida "keksa sinyora" futbolchini "Nottingem Forest"ga 14 million yevroga sotishga tayyor edi, endi esa "Marsel"dan xuddi shunday taklifni qabul qilishdan bosh tortmoqda, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira. Eslatib o‘tamiz, amerikalikning o‘zi "o‘rmonchilar"ga rad javobini bergan edi.

"Yuventus"ning o‘z sabablari bor: bosh direktor Damyen Kamolli Timoti Veaning "Marsel"ga 14 mln yevroga sotilishini ma’qullamoqchi emas, chunki nomi oshkor etilmagan ingliz klubi ancha ko‘proq - 18-20 mln yevro taklif qilmoqda.

Kiritildi: 11:51, 28.07.2025.
O'qildi: 671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик