"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen tez orada "Galatasaroy"ning yangi a’zosi sifatida tanishtiriladi.
Turkiya klubi nigeriyalik futbolchini sotib olish shartlarini kelishib oldi. Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, dam olish kunlari 26 yoshli futbolchi transferni yakunlash uchun Istanbulga keladi. "Galatasaroy" allaqachon turk futboli tarixidagi eng qimmatbaho transfer haqida e’lon tayyorlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Viktor Osimxenning umumiy transfer narxi 75 mln yevroni tashkil etadi. O‘tgan mavsumda ijara asosida Istanbul klubi sharafini himoya qilgan forvard 41 o‘yinda 37 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilib, jamoaning Turkiya chempionati va kubogida g‘olib chiqishiga yordam bergan.













