David Alaba va Antonio Ryudiger kelasi yozda "Real"ni tark etishi mumkin.
Avvalroq, "Real" Alaba bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishishga uringani, biroq himoyachida taklif bo‘lmagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Avstriyalik futbolchi bir yildan so‘ng tugaydigan shartnomasi yakuniga qadar "Real"da qolishi aniq, deb yozadi AS.
Antonio Ryudiger bilan 2026 yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirish hozircha dargumon, chunki "Real" Din Xyoysen va Raul Asensioga ishonmoqchi, shuningdek, Eder Militaoning tiklanishiga umid qilmoqda. Klubda germaniyalik himoyachining professionalligini qadrlashadi, ammo uning kelajagi mavsum oxirida futbolchining jismoniy holatiga qarab hal qilinadi. Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Ryudiger menisk jarohati tufayli operasiya qilingan edi - tizzasidagi muammolar nemisni bir necha oy davomida bezovta qilgan.
Qayd etilishicha, "Real" Ibraima Konatening "Liverpul" bilan shartnomasi tugaganidan keyin kelasi yozda uni tekinga qo‘lga kiritishga umid qilmoqda. Shuningdek, klub "Arsenal" futbolchisi Vilyam Salibani kuzatib bormoqda.













