Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Kivu Chalxano‘g‘li kelajagi haqida fikr bildirdi

Kivu Chalxano‘g‘li kelajagi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Inter" ustozi Kristian Kivu o‘z jamoasi futbolchisi Hoqon Chalxano‘g‘lining kelajagi haqida gapirdi.

Ushbu transfer oynasida turkiyalik yarim himoyachi "neradzurrilar" safini tark etishi mumkin edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, unga "Galatasaroy" va "Fenerbahche" qiziqish bildirgan. Yaqinda futbolchi jarohatidan forig‘ bo‘ldi.

"Sog‘-salomat qaytganidan xursandman. U bu yozda ko‘p ishladi va qaytishni juda xohlaydi. Birinchi mashg‘ulotda u ajoyib harakat qilganini ko‘rdim," - deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Goal.

Kivuning so‘zlariga ko‘ra, Chalxono‘g‘li klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Inter" safida o‘ynamaganidan juda xafa bo‘lgan.

O‘tgan mavsumda xavbek italyan klubi safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:53, 29.07.2025.
O'qildi: 521 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик