Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gyulerning Xabi Alonso qo‘l ostida "Real"dagi pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

Gyulerning Xabi Alonso qo‘l ostida "Real"dagi pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso yarim himoyachi haqida xulosa chiqardi.

Transfer News Live nashri xabariga ko‘ra, Madrid jamoasi bosh murabbiyi Arda Gyulerning o‘yinidan juda mamnun. Alonso turk futbolchisini loyihaning asosiy elementi va haqiqiy yetakchi sifatida ko‘rmoqda. Alonso qo‘l ostida "Real Madrid" yozda AQSHda bo‘lib o‘tgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Gyuler "Los Blankos"ning turnirdagi oltita o‘yinining barchasida maydonga tushdi va beshta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, Madridning “Real” klubi jahon chempionatining yarim finaliga qadar yetib borgan, biroq u yerda “PSJ”ga qarshi o‘yinda muvaffaqiyatsizlikka uchragandi – 0:4. Bir necha haftadan so‘ng Xabi Alonso jamoasi 2025/2026 yilgi mavsumni boshlaydi.

Kiritildi: 21:53, 29.07.2025.
O'qildi: 4579 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик