Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta

XOQ Prezidenti Kirsti Koventri bilan uchrashuv o‘tkazildi

XOQ Prezidenti Kirsti Koventri bilan uchrashuv o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Singapurda o‘tayotgan suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionati doirasida O‘zbekiston sporti rasmiylari Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Kirsti Koventri hamda Olimpiya birdamligi dasturi direktori, XOQning Milliy Olimpiya qo‘mitalari bilan ishlash departamenti rahbari Jeyms Makleod bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Uchrashuvda Sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vise-prezidenti Otabek Umarov hamda Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Ijtimoiy himoya Milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov XOQ rahbari bilan suhbatlashishdi.

Dastavval Koventri xonimga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Milliy Olimpiya qo‘mitasining raisi Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va tabriklari yetkazildi. Shuningdek, rasmiylar unga mas’uliyatli faoliyatida kuch-g‘ayrat va omad tilashdi.

Shuningdek, Koventri xonim Shahnoza Mirziyoyevani Butunjahon suzish federasiyasi Ijroiya qo‘mitasi byurosining tarkibiga kirgani bilan qutladi. Sobiq suzuvchi sifatida ushbu mas’uliyatli lavozimning ahamiyati haqida gapirib, o‘zining qimmatli maslahatlarini berdi.

Mamlakatimizda Olimpiya harakatini rivojlantirish sohasida erishilgan natijalar va hozirgi holat bilan yaqindan tanishish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida, Koventri xonim o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etildi.

Kiritildi: 22:49, 29.07.2025.
O'qildi: 888 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.