Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

"Barsa" sobiq futbolchisi Flik boshqaruvidagi jamoaning darajasini baholadi

"Barsa" sobiq futbolchisi Flik boshqaruvidagi jamoaning darajasini baholadi

Baho:
+ | -

"Barselona"ning sobiq himoyachisi Tomas Vermalen jamoaning hozirgi darajasi haqida qanday fikrda ekanini aytdi.

"Ko‘k-anorranglilar" o‘tgan mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazib, La Liga, Ispaniya Kubogi va mamlakat Superkubogida g‘alaba qozonishdi. Chempionlar ligasida Xans-Diter Flik jamoasi yarim final bosqichida Milanning "Inter" klubiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

"Men Yevropa futbolini diqqat bilan kuzataman. "Barselona" o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi - shu jumladan Chempionlar Ligasida ham. Jamoaning yosh futbolchilarini kuzatish juda yoqimli, ular juda iste’dodli. Ularning rivojlanishini kuzatish tobora qiziqarli bo‘lib bormoqda," - deya belgiyalikning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Tomas Vermalen 2022 yilda faoliyatini yakunlagan. Kataloniya grandi safida sobiq futbolchi 2014 yildan 2019 yilgacha o‘ynagan.

Kiritildi: 12:35, 30.07.2025.
O'qildi: 1000 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик