Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Kyellini A Seriya haqida: "Biz Chempionlar Ligasi yarim finaliga uchta jamoani olib chiqqandik va bizda "Oltin to‘p" g‘oliblari bor edi"

Kyellini A Seriya haqida: "Biz Chempionlar Ligasi yarim finaliga uchta jamoani olib chiqqandik va bizda "Oltin to‘p" g‘oliblari bor edi"

Baho:
+ | -

Jorjio Kyellini Italiya futbolidagi muammolar haqida gapirdi.

– 2000 yillar boshiga qadar Italiya futboli dunyoning markazi bo‘lgan, hozir esa u ancha orqada qoldi va gap faqat standiolarda emas shundaymi?

- Esingizda bo‘lsa, o‘sha yillari Chempionlar ligasining yarim finaliga uchta jamoani olib chiqqandik va bizda "Oltin to‘p" sovrindorlari ham bor edi... Bugungi kunda bunday ssenariy utopiya.

– Yaqin 10 yil ichida Italiyada "Oltin to‘p" sohibi bo‘lishi mumkinmi?

- Ehtimol ha, haqiqatan esa yo‘q. Va har qanday holatda ham, bu tasodifiy avj olish bo‘lishi mumkin, bu dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan birini taklif qilish uchun iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan odamning natijasi emas.

– Bu vaziyatdan qanday chiqish mumkin?

- Rostini aytsam, bilmayman. Italiya futbolining o‘zi bunga dos. berishga kuchi yetmaydi, u yana o‘zgacha narsani topishi kerak. So‘nggi yillarda biz ko‘rgan qiziqishning pasayishi tendensiyasi davom etmoqda: kimdir buni tushunadi, kimdir esa tushunmaydi", - dedi "Yuventus" va Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi.

Kiritildi: 16:13, 30.07.2025.
O'qildi: 769 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.