Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

"Paxtakor"ning iroqlik yangi legioneri haqida

"Paxtakor"ning iroqlik yangi legioneri haqida

Baho:
+ | -

"Paxtakor" jamoasi bilan shartnoma imzolagan Zaid Tahsinning faoliyatiga nazar tashlaymiz.

Yozgi transferlar oynasida asosiy himoyachilaridan biri Abdulla Abdullayevdan ayrilgan "Paxtakor" uning o‘rnini to‘ldirish va himoyadagi raqobatni oshirish maqsadida iroqlik futbolchi Zaid Tahsin bilan kelishuvga erishdi.

Zaid futboldagi professional faoliyatini 2019 yil "Naft Al Vassat" klubida boshlagan. 2021 yil futbolchi Iroqning mashhur jamoalaridan biri "Al Talaba"ga ko‘chib o‘tdi. 2023 yilning aprel oyida Zaid ushbu jamoadagi ishonchli o‘yinlari sabab Iroq Yulduzlar ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 2024 yil futbolchi o‘z mamlakatining baydoqdor klubi — "Eyr Fors"ga ko‘chib o‘tadi va shu vaqtga qadar ushbu klubda to‘p tepdi.

U 2022 yilning 26 sentyabr sanasida Iroq terma jamoasi tarkibida o‘z debyutini o‘tkazadi. Tahsin hozirgacha Iroq termasi safida 19 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi. U faoliyati davomida Iroq U23 terma jamoasi bilan G‘arbiy Osiyo chempionatida va Iroq termasi bilan Ko‘rfaz kubogi musobaqasida chempion bo‘ldi.

Ushbu futbolchi haqidagi qisqa ma’lumotlar bilan tanishing :

Tug‘ilgan sanasi - 2001 yil 29 yanvar
Tug‘ilgan joyi - Iroq, Najaf
Yoshi - 24
Bo‘yi - 1.93 sm

O‘YNAGAN JAMOALARI

Naft Al Vassat - 31 o‘yin, 1 gol
Al-Talaba - 92 o‘yin, 13 gol
Eyr Fors - 30 o‘yin, 2 gol

Kiritildi: 13:50, 01.08.2025.
O'qildi: 1027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.