Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Sheshko APLning qaysi klubida o‘ynamoqchi?

Sheshko APLning qaysi klubida o‘ynamoqchi?

Baho:
+ | -

Transfer bozorida hujumchi Benyamin Sheshko uchun kurash ketmoqda. Sloveniyalik futbolchini Angliya premyer-ligasining ikki klubi "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, 22 yoshli Sheshko uchun asosiy da’vogar "Manchester Yunayted" hisoblanadi. Hafta davomida "qizil iblislar" futbolchi borasida ijobiy muzokaralar olib bordi.

Qayd etilishicha, Sheshko "MYU" 2025/2026 yilgi mavsumda yevrokuboklarda o‘ynamasligiga qaramay, "Old Trafford"ga o‘tmoqchi.

"Nyukasl" muzokaralarni davom ettirmoqda, ammo Sheshkoning baribir Manchesterga yo‘l olishidan xavotirda.

Kiritildi: 16:01, 01.08.2025.
O'qildi: 983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик