Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Ulug‘bek Baqoyev: «Futbolda shunaqa: sen urmasang, senga urishadi»

Ulug‘bek Baqoyev: «Futbolda shunaqa: sen urmasang, senga urishadi»

Baho:
+ | -

"Buxoro" klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev OKMKga qarshi bo‘lib o‘tgan Superliganing 16-tur bahsidan so‘ng klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Bugungi o‘yin bilan mavsumning ikkinchi davrasi start oldi. O‘yin haqida qanday fikrdasiz?

— Birinchi taymda gol urishimiz kerak edi, ammo qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik. Raqib esa ikki marta yaxshi vaziyatga chiqib, ikkita gol urdi. Futbolda shunaqa: sen urmasang, senga urishadi.

— Davralar oralig‘ida «Buxoro» safiga yangi futbolchilar qo‘shildi. Bu haqda nima deya olasiz?

— Birinchi davradagi o‘yinimizni tahlil qilgan holda yangi futbolchilarni taklif etdik. Hujumni yakunlash va yarim himoyada muammolarimiz bor edi. Shu bois hujumchi va yarim himoyachilarni qo‘shib oldik. O‘ylaymanki, yangi futbolchilarimiz o‘zlarini ko‘rsatadi. Hammaga vaqt beramiz, lekin kim kuchli bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi.

— Tabatadze 12ta o‘yinda atigi 1ta gol urgan. Bu sizni xavotirga solmaydimi?

— Gol urish bo‘yicha omadsizlik ko‘p hujumchilarda uchraydi, bunga normal qarash kerak. Balki Tabatadzening o‘yin tomonlama foydasi ko‘proqdir. U himoyachilarni chalg‘itib, golni boshqalar urishiga ham yordam beradi. To‘g‘ri, hujumchi gol urishi kerak, ammo jamoa uchun o‘ynash ham juda muhim. Shu sabab uni taklif qilganimda statistikaga uncha qaramadim.

— Asosiy muammo hujum chizig‘idami?

— Muammolar bor, lekin aytganimdek, gol urishimiz kerak. Mashg‘ulotlarda hamma yaxshi ishlayapti, har bir hujumchi o‘zini ko‘rsatishga intilyapti.

— Futbolchi davringizda juda shiddat bilan o‘ynardingiz. Hozir jamoada bu yetishmayotgandek. Sababi nima?

— Menimcha, bu futbolchilarning psixologiyasiga bog‘liq. Jamoada turli tipdagi futbolchilar bo‘ladi: kimdir agressiv, kimdir tinch, kimdir texnikasi yuqori, kimdir juda tez va hokazo. Biz esa turli xarakterdagi futbolchilardan yagona jamoa yaratishga harakat qilamiz.

— Shohruz Norxonovning ketishi haqida nima deya olasiz?

— Norxonov juda yaxshi futbolchi, ammo faoliyatini boshqa joyda davom ettirishga qaror qildi. Biz uning qarorini hurmat qildik. Unga omad tilayman va biz bilan ishlagani uchun minnatdorchilik bildiraman.

Manba: https://t.me/bukharapfc
Kiritildi: 07:12, 02.08.2025.
O'qildi: 856 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.