Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Marsel" "Yuventus" futbolchisining transferini deyarli kelishib oldi

"Marsel" "Yuventus" futbolchisining transferini deyarli kelishib oldi

Baho:
+ | -

"Yuventus" vingeri Timoti Vea "Marsel"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Fransuz klubi 25 yoshli futbolchi bilan uzoq vaqtdan beri kelishib olgan, ammo "keksa sinyora" bilan muzokaralarda qiyinchiliklar yuzaga keldi - tomonlar uzoq vaqt davomida transfer qiymatini kelisha olmadi. Jurnalist Sebastyen Denining ma’lum qilishicha, "provansalliklar" va "keksa sinyora" o‘rtasidagi kelishmovchilik deyarli hal bo‘lgan - bitim tasdiqlanish arafasida.

Timoti Vea "Yuventus" safida jami 78 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga yettita gol va shuncha golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Futbolchining narxi Transfermarkt ekspertlari tomonidan 17 mln yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 07:49, 02.08.2025.
O'qildi: 701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик