Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Fabregas uchun keraksizga aylangan Dele Alli futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin

Fabregas uchun keraksizga aylangan Dele Alli futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin

Baho:
+ | -

"Komo" yarim himoyachisi Dele Alli futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida jiddiy o‘ylamoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, murabbiylar shtabi A Seriyaning navbatdagi mavsumida ingliz futbolchisiga umid qilmayapti, shu bois u mavsumoldi o‘yinlari uchun qaydnomaga kiritilmadi.

Ayni paytda Alli "Komo" asosiy jamoasidan alohida, murabbiy Sesk Fabregas e’tibor qaratmaydigan futbolchilar jamoasida mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Dele Alli 2025 yilning qishida erkin agent sifatida klubga kelib qo‘shilgandi. Fabregas jamoasida u bor-yo‘g‘i bitta o‘yin o‘tkazdi. Avvalroq, Alli "Tottenxem" va "Everton" klublarida o‘ynagan, shuningdek, Angliya terma jamoasining asosiy yarim himoyachisi bo‘lgan.

Kiritildi: 08:38, 02.08.2025.
O'qildi: 1581 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик