"Barselona" mavsumoldi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishonchli hisoblarda g‘alaba qozonmoqda. Jamoa avval "Vissel Kobe"ni (3:1), keyin esa "Seul"ni (7:3) yengdi.
Sport nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning xujumdagi ishlari yaxshi bo‘lishiga qaramasdan himoyadagi ishlaridan norozi. U kamroq gol o‘tkazib yuborishni istamoqda.
Kataloniyaliklar 4 avgust kuni navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida "Tegu" bilan kuch sinashadi.













