"Yuventus" va "Rejana" o‘rtoqlik uchrashuvida durang qayd etdi (2:2).
Uchrashuvning 22-daqiqasida Natan Girma B Seriya vakillarini oldinga olib chiqdi. 23-daqiqada turinliklar Fransishku Konseysau sa’y-harakatlari bilan javob golini kiritdi. 47-daqiqada "byankonerilar" Dushan Vlaxovichning golidan keyin hisobda oldinga chiqib oldi. 72-daqiqada javob to‘pini Sedrik Gondo kiritdi.













