Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Ikardining Vandadan bo‘lgan qizlari Mauro bilan aloqani uzishgan, ulardan biri familiyasini o‘zgartirmoqchi

Ikardining Vandadan bo‘lgan qizlari Mauro bilan aloqani uzishgan, ulardan biri familiyasini o‘zgartirmoqchi

Baho:
+ | -

Mauro Ikardi va uning qizlari o‘rtasidagi munosabatlar buzildi.

Argentinalik jurnalist Laura Ubbalning ma’lum qilishicha, "Galatasaroy" forvardi va uning Vanda Nara bilan nikohidan tug‘ilgan qizlari o‘rtasidagi munosabatlar uzilgan. Kenja qizi Izabella birinchi bo‘lib otasi bilan muloqot qilishdan bosh tortdi va tez orada katta qizi Francheska ham unga qo‘shildi.

Francheska, shuningdek, "Ikardi" familiyasini o‘zgartirish istagini bildirgan. Ubbalning ta’kidlashicha, qiz yanvar oyida o‘n yoshga to‘lganida tug‘ilgan kunida otasining yo‘qligini kechira olmagan.

"Dadam bilan ortiq gaplashishni istamayman. Uning qilayotgan ishi menga yoqmaydi. Men u bilan aloqada bo‘lgan yagona odam edim", - deya Francheskaning so‘zlaridan iqtibos keltirgan jurnalist.

Kiritildi: 14:28, 03.08.2025.
O'qildi: 1893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик