Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Vinisiusning rejalari barbod bo‘ldi

Vinisiusning rejalari barbod bo‘ldi

Baho:
+2 | -

Madridning “Real” klubi va braziliyalik hujumchi Vinisius Junior o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtab qolgan. Futbolchi “qaymoqranglilar” safida eng yuqori maosh oluvchi o‘yinchiga aylanishni istamoqda, ammo klub rahbariyati bu talabni qondirishga tayyor emas.

Ispaniyaning "Fichajes" nashri xabariga ko‘ra, Vinisius Saudiya Arabistoni chempionatidan bo‘layotgan qiziqishlardan yaxshi xabardor. U “Real” rahbariyatiga: “agar men istagan maoshni bermasangiz, Saudiya chempionatiga o‘taman”, degan shart qo‘ygan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil oxirida Saudiya klublari Vinisiusning transferi uchun “Real”ga 300 million yevro taklif qilgan, futbolchining o‘ziga esa yiliga 200 million yevro maosh berishga tayyor ekanligini bildirgan. Bu taklif yaqin kunlarga qadar o‘z kuchidan bo‘lgan, biroq hozir saudiyaliklar Vinisiusni sotib olish fikridan qaytgan. Cadena SER nashriga ko‘ra, Saudiya klublari bu yil yangi futbolchilarni xarid qilish uchun ajratiladigan sarmoyani keskin qisqartirgan. Bu holat strategik sabablarga, jumladan, ko‘plab futbolchilarning 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan kuchliroq chempionatlarda o‘ynash istagi bilan bog‘liq.

"El Larguero" nashri esa Saudiya klublarining moliyaviy ehtiyotkorligini “asosiy e’tibor yulduzlarni xarid qilishga emas, balki mavjud loyihalarni davom ettirishga qaratilgan” deya izohlagan.

Yuzaga kelgan vaziyat Vinisiusni qiyin ahvolda qoldirgan. Endilikda u yaqin orada Saudiya chempionatiga yo‘l ola olmaydi. Bu esa “Real” foydasiga xizmat qilishi va futbolchi klub talablariga ko‘nishga majbur bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:41, 03.08.2025.
O'qildi: 4987 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.