"Milan" markaziy himoyachisi Fikayo Tomori jamoaning o‘tgan mavsumda duch kelgan muammolari haqida gapirdi.
"Murabbiy ilk uchrashuvimizdayoq biz uchun barqarorlik muhimligini ta’kidladi. O‘tgan mavsumda o‘yinimizda tez-tez beqarorlikka duch kelardik, bu esa haqiqiy kuchimizni namoyon etishga to‘sqinlik qilardi. Endi biz yuqori natijalarga erishish uchun yanada ongliroq va muvozanatli harakat qilishimiz zarurligini anglab yetdik," - deb aytdi himoyachi.













