Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Milan" shveysariyalik xavbekni o‘z safiga qo‘shib oladi

"Milan" shveysariyalik xavbekni o‘z safiga qo‘shib oladi

Baho:
+ | -

Shveysariyalik yarim himoyachi Ardon Yashari tez orada "Milan" bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolyeri ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, "Milan" va "Bryugge" bo‘lajak bitim tafsilotlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Tez orada Yashari Italiyaga jo‘nab ketishi va 2030 yilgacha bo‘lgan mehnat shartnomasini imzolashi kerak.

Futbolchining o‘zi ham o‘zini "rossonerilar" safida sinab ko‘rmoqchi - u bir necha bor "Bryugge" rahbariyatidan o‘zini "Milan"ga sotishni so‘ragan.

O‘tgan mavsumda Yashari 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali 23 yoshli xavbekni 32 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:24, 04.08.2025.
O'qildi: 849 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик