Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Luka Modrich: "Allegri bilan qisqa, ammo mazmunli suhbat qurdik"

Luka Modrich: "Allegri bilan qisqa, ammo mazmunli suhbat qurdik"

Baho:
+ | -

Luka Modrich Ispaniyadagi uzoq yillik faoliyatidan so‘ng "Milan"ga o‘tib, faoliyatining yangi bosqichini boshladi. Xorvatiyalik yarim himoyachi allaqachon jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan gaplashib ulgurgan. Murabbiy bilan muloqotdan olgan ilk taassurotlari haqida intervyuda so‘zlab berdi.

"Biz qisqa, ammo mazmunli suhbat qurdik. Allegri - zamonamizning eng obro‘li murabbiylaridan biri va u mening jamoadagi rolimni qanday ko‘rishi menga juda qiziq. U mening tajribam va yetakchilik qobiliyatlarimga umid qilayotganini aniq ko‘rsatdi. Bu ishonch bag‘ishlaydi," - dedi xorvatiyalik.

Modrich so‘nggi 13 yilni Madridning "Real" klubida o‘tkazdi va u yerda 597 ta o‘yin o‘tkazib, 49 ta gol urdi va 95 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu vaqt ichida u 27 ta sovrin, jumladan, oltita Chempionlar Ligasi chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Modrich "Oltin to‘p" va UYEFA hamda FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinlari sohibi hisoblanadi.

Kiritildi: 08:15, 05.08.2025.
O'qildi: 491 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.