Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

“Barselona” Erling Holand, Bredli Barkolya va Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

“Barselona” Erling Holand, Bredli Barkolya va Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

2026 yilda bo‘lib o‘tadigan “Barselona” prezidentlik saylovlarida amaldagi rahbar Joan Laporta yana ishtirok etadi. Agar u qayta saylansa, klubni top darajadagi futbolchilar bilan kuchaytirishga va’da bermoqda. Bu haqda Fihajes nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Laporta saylovoldi strategiyasi doirasida “ko‘k-anorranglilar”ni yana yuqori darajaga olib chiqishni maqsad qilgan. Agar u prezidentlikka qayta tayinlansa, jamoaga Erling Holand, Xulian Alvares va Bredli Barkolya kabi futbolchilarni olib kelishni rejalashtirgan.

Laportaning asosiy nishoni — “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand. Bu transfer taxminan 120 million yevro evaziga amalga oshishi mumkin. Garchi hozirgi moliyaviy sharoit bunga imkon bermasa-da, Laporta 2026 yilgacha klub iqtisodiy ahvoli yaxshilanishiga ishonmoqda.

Shuningdek, “Barselona” uzoq vaqtdan beri argentinalik hujumchi Xulian Alvaresga qiziqib keladi. Endilikda Laporta argentinalik futbolchini “Atletiko Madrid”dan sotib olishga harakat qilmoqda. Biroq transferning amalga oshishi qiyin kechishi mumkin: “matraschilar” futbolchi uchun 100 million yevro talab qilmoqda.

Ro‘yxatdagi yana bir nom bor — “PSJ” futbolchisi Bredli Barkolya. Fransiyalik yosh iqtidor “PSJ” tarkibida muntazam o‘yin amaliyotiga ega emas. Shu sababli bu transfer nisbatan osonroq amalga oshishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Parij klubi Barkolyaga 80–100 million yevro atrofida narx belgilagan.

Ma’lumot uchun, Joan Laporta 2003–2008 yillar davomida “Barselona” prezidenti bo‘lgan. U 2021 yilda ikkinchi marta ushbu lavozimga saylangan. Uning rahbarligi davrida klub moliyaviy muammolardan chiqishga harakat qilmoqda. Xususan, “Kamp Nou” stadionini rekonstruksiya qilish loyihasi aynan Laporta tashabbusi bilan boshlangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:40, 06.08.2025.
O'qildi: 7913 marta.
Fikrlar: 37 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик