"Brayton" tayanch yarim himoyachisi Karlos Baleba faoliyatini APLning top klubida davom ettirishi mumkin.
L'Equipe xabariga ko‘ra, 21 yoshli kamerunlik futbolchini "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Liverpul" diqqat bilan kuzatmoqda.
Baleba hozirda Transfermarkt portalida 40 million yevroga baholanmoqda. Uning "chaykalar" bilan shartnomasi 2028 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.













