Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" sobiq futbolchisi - Isak transferi haqida: «Bu pulga Mbappeni berardi...»

"Liverpul" sobiq futbolchisi - Isak transferi haqida: «Bu pulga Mbappeni berardi...»

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning mashhur sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isakning klubiga o‘tishiga qarshi chiqdi.

25 yoshli shvesiyalik futbolchi "qizillar"ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi, ammo "qarg‘alar" uning transferi uchun taxminan 150 mln funt (170 mln yevrodan ortiq) so‘ramoqda.

"Liverpul" muxlisi sifatida klub Isak transferi uchun buncha pul sarflashini istamayman. Ha, uni ustuvor maqsad sifatida ko‘rishayotganini tushunaman, ammo hujumchini 80 mln funtga sotib olib, uni zaxiraga o‘tqazish noto‘g‘ri. Chetdan qaraganda, "Liverpul"da reja yo‘qdek. Men Isakni "Liverpul"da ko‘rishni istardim, ammo 150 millionga Mbappeni sotib olish mumkin," - dedi Karrager The Overlap podkastida.

Ma’lumki, Aleksandr Isakning o‘zi "Liverpul"ga o‘tishni talab qilmoqda va klublar kelishuvga erishishiga umid qilmoqda.

Kiritildi: 05:37, 07.08.2025.
O'qildi: 1339 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик