Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Otabek Narzullayev: "Bugun ayniqsa himoyada ko‘p xato qildik"

Otabek Narzullayev: "Bugun ayniqsa himoyada ko‘p xato qildik"

Baho:
+ | -

Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Dinamo" (2:4) uchrashuvidan so‘ng "Mash’al" bosh murabbiyi Otabek Narzullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Dastlab o‘yin haqida fikringiz?

— Uchrashuvni yaxshi boshladik, 2:0 hisobida oldinga chiqib oldik, keyin esa yuzaga kelgan xatolar o‘zimizga qimmatga tushdi. Bugun ayniqsa himoyada ko‘p xato qildik. Birinchi taymdagi g‘alabani ushlab qolmaganimiz chatoq bo‘ldi. Futbolchilar bilan psixologiya tomonlama ishlashga to‘g‘ri kelyapti. Jamoamizda potensial yaxshi, faqat futbolchilar o‘z kuchiga ishonmayapti. Ko‘p emas ozgina ishonch bo‘lsa, g‘alabalar albatta keladi deb o‘ylayman.

— Bugun asosiy xato nimada bo‘ldi?

— Biz g‘alabaga ertaga ishonib yubordik va o‘yinning qolgan qismini 2:0ni ushlab qolishga o‘tkazishga harakat qildik. O‘yin boshida urilgan gol — bu hali g‘alaba degani emas. Ko‘proq hujumga o‘tishimiz kerak edi. Himoyaga erta yotganimiz salbiy ta’sir qildi. Avvalgi tur "Paxtakor" bilan ham erta himoyaga o‘tib olgandik. Jarohatdan chiqqan futbolchilarni ham maydonga tushiryapmiz, lekin ularning jismoniy holati to‘liq tayyor emas. Lekin shunga majbur bo‘lyapmiz.

— Bugungi o‘yinda ikkita gol urgan Behruzbek Obloqulov "Mash’al" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. O‘z vaqtida qo‘l ostingizda "Mash’al" U-19 jamoasida o‘ynagan.

— Endi bu futbol. Bu o‘rinda bizni xursand qilishi mumkin bo‘lgan yagona jihat — Obloqulovning "Mash’al" akademiyasidan chiqqanligi. Lekin keyinchalik kim qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, futbolchi o‘z ishini qiladi, murabbiy o‘z ishini qiladi. Futbolchining ishi maydonga chiqib jamoasi uchun borini berish. Men natijadan xafaman, lekin Behruz uchun xursandman. Bu bola qancha o‘ssa yanayam xursand bo‘laman. Biz esa o‘yinni tahlil qilamiz va kamchiliklarni o‘rganamiz. Bugun yutqazdikmi demak, men aybdorman va aybimni o‘z bo‘ynimga olaman.

— Humoyun Murtazoyev qachon safga qaytadi?

— Nasib qilsa, keyingi o‘yinlarga qaytishi kerak. Xumoyun yo‘qligi biz uchun katta yo‘qotish. Shifokorlar qachon ruxsat bersa, shundan so‘ng mashg‘ulotga qaytadi. Keyingi turni "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘tkazamiz. Nasib qilsa bu o‘yinga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, Jizzaxdan yaxshi kayfiyat bilan qaytishga harakat qilamiz.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 06:07, 07.08.2025.
O'qildi: 854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик