Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sheshko transferi: "MYU" va "Leypsig" hujjatlarni imzoladi

Sheshko transferi: "MYU" va "Leypsig" hujjatlarni imzoladi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" "RB Leypsig" hujumchisi Benyamin Sheshko bilan shartnoma imzolaganini e’lon qilishga tayyorlanmoqda.

Erishilgan kelishuv haqida kuni kecha ma’lum bo‘ldi, endi tomonlar bitimni hujjatlashtirdi. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, klublar transferni yakunlash uchun barcha hujjatlarni imzolagan. Transfer narxi, avval xabar qilinganidek, 85 mln yevroni tashkil etadi.

Shanba kuni ertalab Benyamin Sheshko "qizil iblislar" bilan kelishuvni imzolaydi. Shu kuni 22 yoshli hujumchi "Fiorentina"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini boshlanishidan oldin "Old Trafford"ga yangi o‘yinchi sifatida taqdim qilinadi.

Kiritildi: 05:22, 09.08.2025.
O'qildi: 823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик