"Valensiya" yarim himoyachisi Xavyer Gerra jamoa bilan kelishuvni uzaytirdi.
"Ko‘rshapalaklar" rasmiy sayti xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi 2029 yilning iyunigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan.
2024/25 yilgi mavsumda Gerra Ispaniya chempionatida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, OAVda uning "Manchester Yunayted"ga ketmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.













