Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Xoylundga agar o‘ynashni istasa, «MYU»ni tark etishi kerakligi aytildi

Xoylundga agar o‘ynashni istasa, «MYU»ni tark etishi kerakligi aytildi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» hujumchisi Rasmus Hoylundga kelasi mavsumda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istasa, «qizil iblislar» safini tark etishi zarurligi haqida ma’lumot berildi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklar 22 yoshli forvardni sotishni afzal ko‘rishmoqda, ammo uni ijaraga berish variantini ham istisno qilishmayapti. Daniyalik futbolchiga «Milan» qiziqish bildirgan va ijara hamda keyinchalik sotib olish imkoniyatini o‘z ichiga olgan shartnoma uchun 40 mln funt (46,4 mln yevro) taklif qilishga tayyor.

Hoylund 2023 yil yozidan beri «Manchester Yunayted» safida to‘p surmoqda. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 95 o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urib va 6 ta golli uzatma bergan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 mln yevro.

Manba: championat.com
Kiritildi: 14:34, 10.08.2025.
O'qildi: 1495 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик