"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga yana bir bor sog‘ligida muammolarga duch keldi - bu safar 22 yoshli fransiyalik futbolchi to‘pig‘idan jarohat olgan.
The Athletic xabariga ko‘ra, futbolchi "Los-Blankos"ning bir nechta mashg‘ulotlarini, jumladan yakshanba kuni ertalabki mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan.
Uning seshanba kuni Avstriyaning "Tirol" jamoasiga qarshi mavsumoldi so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinidagi ishtiroki shubha ostida qolmoqda.













