Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Tottenhem» «Manchester Siti» vingeri Savioni transferi bo‘yicha muzokara boshladi

«Tottenhem» «Manchester Siti» vingeri Savioni transferi bo‘yicha muzokara boshladi

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenhem» klubi «Manchester Siti» qanot hujumchisi Savioga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoq X orqali xabar berdi.

Manbaning ma’lumoticha, klublar muzokaralarni boshlagan va 21 yoshli futbolchi o‘zi ham transferga qarshi emas. Ta’kidlanishicha, «shporlar» bosh murabbiyi Tomas Frank shaxsan Savioning nomzodini ma’qullagan va u bilan ishlash imkoniyatidan mamnun.

Savio 21 yoshda. U 2022 yilda «Atletiko Mineyro»ni tark etgach Yevropada faoliyat olib bormoqda. Ilgari Niderlandiyaning PSV va Ispaniyaning «Jirona» jamoalarida ham o‘ynagan. O‘tgan mavsumda vinger «shaharliklar» safida barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma berdi. Uning Angliya klubi bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 50 mln yevroga baholagan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:10, 11.08.2025.
O'qildi: 1172 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик