Braziliya chempionatining 19-turi doirasida "Santos" safarda "Kruzeyro" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu natija haqida mehmonlarning yulduz forvardi Neymar o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Yaxshi natija. Jamoamiz rivojlanib, o‘z maqsadi sari bormoqda. Barchangizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklayman," - deyiladi braziliyalikning ijtimoiy tarmoqdagi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, forvardning "qora-oqlar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi muddati joriy yilning dekabr oyi oxirida tugaydi.













