Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ter Shtegen "Barselona" bilan yarashgani haqida bayonot berdi

Ter Shtegen "Barselona" bilan yarashgani haqida bayonot berdi

Baho:
+1 | -

"Komo"ga qarshi o‘yindan keyin "Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen bayonot berdi. Germaniyalik futbolchi klub bilan yarashganini ma’lum qildi.

"Men va klub o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilish muhim edi. Kelajakka qarash vaqti keldi. Bundan tashqari, jamoamizda yangi yuzlar paydo bo‘ldi. Men ularga salom berib, qo‘llab-quvvatlashimni bildirmoqchiman. Bu futbolchilar bilan biz yanada kuchliroq bo‘lamiz va ishonchim komilki, ular kiyinish xonamizga juda mos keladi.

Ba’zi jihatlarni qo‘shishimiz kerak. Biz yana barcha sovrinlar uchun kurashamiz. Umid qilamizki, sizning yordamingiz bilan imkon qadar ko‘proq unvonlarni qo‘lga kirita olamiz", - dedi ter Shtegen muxlislarga.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" Mark-Andre ter Shtegenga sardorlik maqomi qaytarilganini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 18:04, 11.08.2025.
O'qildi: 2414 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик