Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" sport direktori Luis Diasning darajasiga baho berdi

"Bavariya" sport direktori Luis Diasning darajasiga baho berdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" sport bo‘limi boshlig‘i Maks Eberl jamoaga yangi kelgan Luis Diasning saviyasiga baho berdi.

Myunxenliklar 28 yoshli vingerni "Liverpul"dan 70 mln yevroga sotib oldi. Transfer iyul oyi oxirida amalga oshirildi.

"Liverpul" uchun muvaffaqiyatli o‘tgan mavsumda Dias yana bir bor o‘zini Premyer-liganing eng yaxshi o‘yinchilaridan biri sifatida ko‘rsatdi. Garchi Muhammad Saloh va Virjil van Deyk kabi boshqa yulduzlar odatda diqqat markazida bo‘lsa-da, Dias ular bilan bir xil darajada o‘ynadi. "Bavariya"da Luis jahon miqyosida yanada mashhur bo‘lishi mumkin - xuddi o‘tgan mavsumda Maykl Olise kabi", - dedi Eberl Sport Bild nashriga bergan intervyusida.

"Bavariya" shanba kuni Germaniya Superkubogi doirasida "Shtutgart"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 07:56, 13.08.2025.
O'qildi: 776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик