Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" qishda amalga oshmay qolgan rejasi uchun yana qayta harakat qilib ko‘radi

"Bavariya" qishda amalga oshmay qolgan rejasi uchun yana qayta harakat qilib ko‘radi

Baho:
+1 | -

"Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku "Bavariya"ning transfer qiziqishlari ro‘yxatida qolmoqda.

Myunxenliklar yanvar oyidayoq fransiyalik futbolchi bilan og‘zaki kelishuvga harakat qilgandi - o‘shanda «Chelsi» bilan shartnoma shartlarini kelishib bo‘lmadi.

Jurnalist Florian Plettenbergning fikricha, Nkunkuning "Bavariya"ga o‘tishi yoz oxirigacha amalga oshishi mumkin.

Transfer taqdiri ko‘p jihatdan nemis klubining birinchi raqamli nishoni sanalayotgan shtutgartlik Nik Voltemade bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashiga bog‘liq.

Kristofer Nkunkuning o‘zi "Bavariya"ga o‘tmoqchi, ammo faoliyatini davom ettirish uchun boshqa variantlar ham bor.

Kiritildi: 09:13, 13.08.2025.
O'qildi: 1077 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик