Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

“Real Madrid” La Liga doirasidagi “Vilyarreal” – “Barselona” uchrashuvi AQSHda o‘tkazilishiga qarshi chiqdi

“Real Madrid” La Liga doirasidagi “Vilyarreal” – “Barselona” uchrashuvi AQSHda o‘tkazilishiga qarshi chiqdi

Baho:
+ | -1

Madridning “Real” klubi rasmiy saytida bayonot e’lon qilib, La Liga doirasidagi “Vilyarreal” – “Barselona” uchrashuvini AQSHda o‘tkazish rejasini keskin tanqid qildi.

“Real Madrid” futbol ishqibozlariga murojaat qilib, Ispaniya chempionatining 17-turi doirasidagi “Vilyarreal” – “Barselona” uchrashuvini mamlakat hududidan tashqarida o‘tkazish taklifini qat’iyan rad etishini bildirgan.

Klub bayonotida ta’kidlanishicha, bu qaror ishtirokchi jamoalar bilan oldindan maslahatlashmasdan qabul qilingan va ikki davrali liga tizimida amal qiladigan hududiy tenglik tamoyilini buzadi. Bu holat musobaqa muvozanatini izdan chiqarib, ayrim jamoalarga adolatsiz ustunlik beradi.

"Musobaqaning halolligi shuni talab qiladiki, barcha uchrashuvlar bir xil sharoitda o‘tkazilishi kerak. Buni bir tomonlama o‘zgartirish raqiblar o‘rtasidagi tenglikka putur yetkazadi, natijalarning qonuniyligiga shubha uyg‘otadi va shaffoflikni ochiqdan-ochiq cheklaydi. Bu esa natijalarni soxtalashtirish xavfini yuzaga keltiradigan, qabul qilib bo‘lmas holatga yo‘l ochadi", — deyiladi “qirollik klubi” bayonotida.

Ma’lumot uchun, “Barselona” va “Vilyarreal” jamoalari La Liga uchrashuvini xorijda o‘tkazishni rejalashtirmoqda hamda bu orqali tarixda qolishmoqchi. 11 avgust kuni Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi (RFEF) ushbu g‘oyani ma’qullagan. Hozirda tomonlar UYEFAning ushbu bahsga “yashil chiroq” yoqishini kutmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:49, 13.08.2025.
O'qildi: 2401 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик