"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski o‘z faoliyatidan ko‘ngli to‘layotganini ta’kidladi. U shu vaqtga qadar TOP-5 chempionatlarda "Borussiya Dortmund", "Bavariya" va "Barselona"da harakat qilgan.
"APLda o‘ynamaganimdan afsuslanishim mumkin edi, lekin afsuslanmayman. Axir men "Borussiya", "Bavariya", "Barselona"da o‘ynaganman. Faoliyatimdan mamnunman. Menda noto‘g‘ri qaror qabul qilgandek hissiyot yo‘q," - deya Robert Levandovskining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.













