Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

“Barselona” Dani Olmoga narx belgiladi

“Barselona” Dani Olmoga narx belgiladi

Baho:
+ | -

Yozgi transfer oynasining so‘nggi haftalarida “Barselona” yarim himoyachi Dani Olmo bilan xayrlashishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqaldi. Fichajes nashrining yozishicha, kataloniyaliklar Angliya Premyer Ligasi va Saudiya Arabistoni Pro Ligasidan tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Unga ko‘ra, rahbariyat futbolchining tez-tez jarohat olishi, shuningdek, Fermin Lopesning yorqin o‘yini ortidan bunday qarorga kelgan. Shuningdek, “Barselona” ustozi Hansi Flik Rafinyani aynan Olmo to‘p suradigan pozisiyada sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda. Chap qanotni esa Markus Rashford orqali kuchaytirishni maqsad qilgan. Gavi ham 4-2-3-1 sxemasida “yashirin o‘nlik” rolida o‘ynay oladi. Bularning barchasi Dani Olmoning “Barselona”da ketish ehtimolini oshiradi.

“Ko‘k anorranglilar” yozgi transfer oynasida katta miqdorda daromad olishni, shu orqali yangi futbolchilarni La Ligaga ro‘yxatdan o‘tkazish hamda moliyaviy muvozanatni tiklashni rejalashtirmoqda. Shu sababli klub Dani Olmoni taxminan 60 million yevro evaziga sotib yuborishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik yarim himoyachi uchun Londonning “Tottenhem” klubi asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistonining bir nechta klublari ham Olmo uchun katta miqdorda taklif tayyorlamoqda.

Dani Olmo o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 39 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 7 ta assist muallifiga aylangan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:03, 13.08.2025.
O'qildi: 4615 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик