Ispaniya terma jamoasi va "Atletik Bilbao" darvozaboni Unai Simon Ispaniya La Ligasining 17-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal" - "Barselona" uchrashuvini Mayamida o‘tkazish g‘oyasini keskin tanqid qildi.
"Mayamidagi La Liga o‘yini? Muxlislarsiz futbol bo‘lmasdi. Ular o‘yinning bir qismi. Bu muxlislarga nisbatan hurmatsizlik, bunday holat hech qayerda bo‘lmasligi kerak," - dedi Unai Simon.
Agar ariza ma’qullansa, o‘yin 2025 yil 20 dekabr kuni Mayamidagi Hard Rock Stadiumda bo‘lib o‘tadi.













