Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ueyn Runi "Manchester Yunayted"ga qanday transfer kerakligini aytdi

Ueyn Runi "Manchester Yunayted"ga qanday transfer kerakligini aytdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq yulduzi Ueyn Runi klubga yozgi transferlar bozorida ishlash bo‘yicha maslahat berdi. Runining fikricha, "qizil iblislar" Brunu Fernandeshning roli hujumkorroq bo‘lishi uchun maydon markaziga yana bir sifatli futbolchi olib kelishi kerak.

"Men hali ham ular o‘yinni nazorat qilish va rivojlantirishga yordam beradigan ishonchli yarim himoyachini sotib olishlarini xohlayman. Men yana bir shunday futbolchini ko‘rishni istardim. Brunu Fernandesh hujum haqida ko‘proq o‘ylashini istardim," - dedi Runi BBC dasturida.

Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 1-turida "Manchester Yunayted" 17 avgust, yakshanba kuni o‘z maydonida "Arsenal"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 18:05, 14.08.2025.
O'qildi: 3667 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик