Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" 13 yildan buyon APL startida mag‘lub bo‘lmayapti - bu rekord

"Liverpul" 13 yildan buyon APL startida mag‘lub bo‘lmayapti - bu rekord

Baho:
+ | -

"Liverpul" Angliya chempionatining ilk turlaridagi so‘nggi 13 o‘yinning birortasida ham mag‘lubiyatga uchramadi. 15 avgust, juma kuni "qizillar" 2025/26 yilgi mavsumni "Bornmut" ustidan qozonilgan g‘alaba (4:2) bilan boshladi.

So‘nggi 13 mavsumda "Liverpul" dastlabki turlarda 3 durang va 10 g‘alaba qayd etib, 35 gol urgan va 16 gol o‘tkazib yuborgan. "Qizillar" bu o‘yinlarda besh marta darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Bu APL jamoalari o‘rtasidagi dastlabki turlardagi eng uzun mag‘lubiyatsiz seriyadir.

Kiritildi: 05:20, 16.08.2025.
O'qildi: 568 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик