Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Nursulton Ro‘ziboyevning Brayan Battlga qarshi jangi bekor qilindi

Nursulton Ro‘ziboyevning Brayan Battlga qarshi jangi bekor qilindi

Baho:
+ | -

17 avgust tongida AQSHning Illinoys shtati, Chikago shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan UFC 319 turnirida oktagonga chiqishi kerak bo‘lgan o‘zbekistonlik jangchi Nursulton Ro‘ziboyev va amerikalik Brayan Battl o‘rtasidagi bahs bekor qilindi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.

Sabab sifatida Brayan Battl belgilangan vazn me’yorlarini bajara olmagani ko‘rsatildi. AQSH vakili 86,1 kg tosh bosdi. Bu belgilangan me’yordan salkam 2 kg ko‘proqdir. Shu bois UFC mazkur jangni bekor qilishga qaror qildi.

Shundan keyin sportchilar uchrashib, o‘zaro suhbatlashib oldi. Brayan Nursulton bilan suhbatda jangdan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘zbekistonlik muxlislar haqida aytgan gaplari uchun uzr so‘radi. Ro‘ziboyev esa oktyabr oyida Abu-Dabida o‘tadigan UFC oqshomiga jang qilishni taklif qildi.

Ma’lumot uchun, Nursulton Ro‘ziboyev 2014 yildan beri professional MMA jangchisi sifatida faoliyat yuritib keladi. U 2023 yilda UFC promoushinida debyut qilgan. U hozirga qadar faoliyati davomida 47 ta jang o‘tkazib, ulardan 36 tasida g‘alaba qozongan, 9 marta mag‘lub bo‘lgan va 2 marta durang qayd etgan. Brayan Battlga qarshi bahs Ro‘ziboyevning UFC’dagi oltinchi jangiga aylanishi mumkin edi. Bungacha u ushbu promoushenda 5 marotaba oktagonga ko‘tarilib, 4 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:25, 16.08.2025.
O'qildi: 2164 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.