"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike joriy yozda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan transferlar haqida fikr bildirdi.
"Bizga tarkibda ko‘p futbolchi bo‘lishi shart emas. Biz bir yoki ikki yil oldin ham yaxshi transfer ishlarini amalga oshirgan edik. Albatta, biz transfer bozorida bo‘lishimiz kerak, bu majburiy. Ammo bizda hech qanday muammo yo‘q," - dedi Enrike jurnalistlarga.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, uning futbolchilarining universalligi har qanday pozisiyadagi yo‘qotishlarni xotirjamlik bilan yengish imkonini beradi.













