Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Maguayrning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi aniq bo‘ldi

Maguayrning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yozgi transferlar oynasidagi xarajatlardan keyin byudjetni muvozanatga keltirish uchun bir necha futbolchisini sotishga majbur bo‘lmoqda. Football Insider xabariga ko‘ra, mankunianliklar safida yaqin orada jamoani tark etmaydigan futbolchi bor.

Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" markaziy himoyachi Xarri Maguayrni sotmoqchi emas. Uning o‘yinidan "qizil iblislar" ustozi Ruben Amorim to‘liq qoniqish hosil qilgan. Qolaversa, mankunianliklar transfer oynasining qolgan qismida himoyachi sotib olishni rejalashtirmayapti.

Yozda ingliz klubi Maguayr transferi bo‘yicha bir nechta takliflarni rad etdi.

O‘tgan mavsumda 32 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golga hammualliflik qilgan. Bir yildan so‘ng uning klub bilan shartnomasi yakunlanadi.

Kiritildi: 23:32, 16.08.2025.
O'qildi: 1261 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик