Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Siti" o‘z futbolchisini qo‘yib yubormaslikka qaror qildi

"Manchester Siti" o‘z futbolchisini qo‘yib yubormaslikka qaror qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" Savio Moreyrani qo‘yib yubormaydi.

Jurnalist Gilyem Balagening xabar berishicha, "shaharliklar" 21 yoshli vingerni sotmaslikka qaror qilishgan. Avvalroq "Tottenxem" vingerning transferi bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, ushbu qarordan so‘ng Rodrigoning "Manchester Siti"ga o‘tishi istisno qilingan. Ingliz klubi "Real" futbolchisini faqat Savio ketgan taqdirdagina sotib olishi mumkin edi. Madrid klubi 24 yoshli futbolchi uchun hech qanday taklif olmadi.

Savio o‘tgan mavsumda Premyer-ligada 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 22:06, 18.08.2025.
O'qildi: 2518 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик