Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Mourinyo Neymarning "Fenerbaxche"ga o‘tishiga oydinlik kiritdi

Mourinyo Neymarning "Fenerbaxche"ga o‘tishiga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo Neymarning "Fenerbaxche"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Unga ko‘ra, braziliyalik yulduz, klub tomonidan qiziqish bildirilayotganiga qaramay, Turkiyaga transfer borasidagi gap-so‘zlardan hech qachon bezovtalanmagan.

"Hech narsa yo‘q edi. Menimcha, bu uning uchun muhim emas", - dedi Mourinyo Sporty Net nashriga. "U o‘z kelajagini va qayerda baxtli bo‘lishini o‘zi tanlashi mumkin. U allaqachon Yevropada bosh sovrinni qo‘lga kiritgan, Saudiya Arabistonida moliyaviy muvaffaqiyatlarga erishgan. Endi u Braziliyaga, o‘z ishtiyoqiga qaytdi" - dedi Mourinyo.

Mourinyo Neymarning ustuvor yo‘nalishlari yangi shartnomalar yoki Yevropaga qaytish bilan bog‘liq emas, balki jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishini ta’kidladi. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, 33 yoshli hujumchi bor e’tiborini nihoyat o‘zining asosiy orzusi – Braziliya terma jamoasi bilan jahon chempionatida g‘olib chiqishga qaratgan.

Yaqinda "Santos" Neymar bilan shartnomasini 2025 yil oxirigacha uzaytirdi, ammo jamoa "Vasko da Gama"ga 0:6 hisobida yutqazib, alamli mag‘lubiyatga uchradi.

Kiritildi: 22:27, 19.08.2025.
O'qildi: 2311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик