"Barselona" katta ehtimol bilan yozda boshqa yangi o‘yinchi sotib olmaydi.
Sport nashri xabariga ko‘ra, Xansi Flik jamoadan boshqa transferlar kutmayapti. Shu bilan birga u qo‘l ostidagi barcha futbolchilar jamoada qoladi degan umidda.
"Barselona" La Liga ilk turida "Malyorka" mehmoni bo‘lib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi turda jamoa "Levante" maydoniga safar qiladi.













