Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Viktor Karpenko: «Futbolchilar bugun xarakter namoyish qilishdi va g‘alabaga erishishdi»

Viktor Karpenko: «Futbolchilar bugun xarakter namoyish qilishdi va g‘alabaga erishishdi»

Baho:
+ | -

Superliganing 20-turi doirasida «Buxoro» - «Qo‘qon-1912» bahsi yakunlanganidan keyin mezbon jamoa vaqtinchalik bosh murabbiyi Viktor Karpenko matbuot anjumanida qatnashdi.

— O‘zlarini o‘yinga bahsh qilgani, xohishi yuqoriligi uchun yigitlarga rahmat aytaman. «Bunyodkor»ga qarshi o‘yindan keyin Buxoroga qaytdik, keyin Qarshiga keldik. Ikki kun qiyin o‘tdi, bu paytda jamoani o‘yinga tayyorlab bo‘lmasdi, biz yigitlarni tiklashga harakat qildik. Futbolchilar bugun xarakter namoyish qilishdi va g‘alabaga erishishdi. Ularga katta rahmat aytaman. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, birinchi bo‘lim «Buxoro» ustunligi ostida o‘tdi va bir qancha vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi bo‘limda charchoq evaziga himoyalanishga majbur bo‘ldik va gol urib oldik. Sabr qildik va g‘alabani olib ketdik. Bu bilan barcha buxoroliklarni, klub rahbariyatini tabriklayman. Jamoa to‘g‘ri yo‘lda, hali barchasi oldinda. Tarkibdagi futbolchilar yaxshi saviyada, faqatgina ularga ishonch berish kerak. Shundagina natijalar ham keladi.

— Bugun hakamning harakatlariga ko‘plab e’tirozlar bildirdingiz. Buning sababi nimada?

— Kichik follarga va fol berilishi kerak bo‘lmagan joylarda hushtak chalindi. Umuman olganda hakamlikka e’tirozim yo‘q. Biz o‘yindamiz, hakam ko‘rganiga hushtak chaldi, biz esa hissiyotlarga berilaverdik. Bugun hakamlar yaxshi ishlashdi. E’tirozlar umuman yo‘q. Menimcha raqiblar buni tasdiqlasa kerak, o‘yin teng bo‘ldi, hakamlar professional ishlashdi.

— Urilgan goldan keyin Jo‘rabekov maydonga tushirildi. Bu hisobni saqlab qolish uchun qilingan o‘zgarishmidi?

— Shahboz universal futbolchi. U himoyada ham raqiblarni yopa oladi va hujumda agressivlik namoyish qilishi mumkin. U bugun himoyadan ko‘ra ko‘proq hujumda harakat qildi. Biz savollarni yo‘qotish uchun ikkinchi golni urmoqchi edik. Lekin himoyada yaxshi o‘ynab, gol o‘tkazmasdan bitta gol urish ham g‘alabaga yetarli bo‘ladi. Shahboz jamoaga yaxshiroq o‘yin namoyish qilishi uchun yordam berdi.

— Xayrullayev yoki Amonov: ulardan qaysi biri bugungi g‘alabaga ko‘proq hissa qo‘shdi?

— Biror kishini ajratib ko‘rsatmagan bo‘lardim. Chunki butun jamoa g‘alaba uchun borini berdi. Bugun Ravshan Xayrullayevning tug‘ilgan kuni edi, yigitlar g‘alabani unga sovg‘a qilishdi. Menimcha biror kishining g‘alaba uchun katta ish qilgani emas, balki butun jamoaning o‘yini muhimroq. Jamoada hamma natija uchun ishlamoqda. Futbolchilar bir-biri uchun o‘ynashi kerak.

Manba: https://t.me/FKBUXORO04
Kiritildi: 06:10, 22.08.2025.
O'qildi: 748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.