Kirish Ro'yxatdan o'tish

APLda mavsumdagi ilk murabbiy iste’fosi yuz berishi mumkin

APLda mavsumdagi ilk murabbiy iste’fosi yuz berishi mumkin

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasida mavsumdagi ilk murabbiy iste’fosi kutilmoqda. Taniqli jurnalist Matteo Morettoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, "Nottingem Forest" klubi Nunu Eshpiritu Santu bilan xayrlashishi mumkin. "O‘rmonchilar" allaqachon boshqa nomzodlarni baholamoqda.

Xabaringiz bor, o‘tgan mavsumda Nunu Eshpiritu Santu klub xo‘jayini Evangelos Marinakis bilan ziddiyatga borgan edi. Endi murabbiyning fikricha, klubning transfer bozoridagi ishi yaxshi emasligi tufayli keskinlik kuchaydi. Portugaliyalik mutaxassis yaqinda tarkibdan noroziligini ochiq aytdi.

APL 1-turida "Nottingem Forest" "Brentford"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. "O‘rmonchilar" Yevropa Ligasi umumiy bosqichida Angliya sharafini himoya qiladi.

Kiritildi: 16:38, 22.08.2025.
O'qildi: 3748 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик