Turkiyaning “Beshiktosh” klubi Angliyaning “Lester” klubiga markaziy himoyachi Vaut Fas uchun taklif bilan chiqdi.
Bu haqda insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi. 27 yoshli Vaut Fas "Anderlext" tarbiyalanuvchisidir.
U 3 yil oldin "Lester"ga kelib qo‘shilgan va klub safida 122 ta o‘yin o‘tkazgan. Transfermarkt portali bu futbolchining narxini 15 million yevroga baholamoqda.













