Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

MLS. «Inter Mayami» Messi va Albasiz MLS autsayderi «Di-Si Yunayted»ni yuta olmadi (videosharh)

MLS. «Inter Mayami» Messi va Albasiz MLS autsayderi «Di-Si Yunayted»ni yuta olmadi (videosharh)

Baho:
+ | -

23 avgustdan 24 avgustga o‘tar kechasi MLS doirasida «Di-Si Yunayted» — «Inter Mayami» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin AQSH poytaxti Vashingtondagi «Audi Fild» stadionida o‘tkazilib, 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

13-daqiqada mezbonlar hisobni ochishdi — amerikalik yarimhimoyachi Jekson Xopkins o‘z jamoasini oldinga olib chiqdi. Unga finlyandiyalik xavbek Matti Peltola yordam berdi. Ikkinchi bo‘limda argentinalik hujumchi Baltasar Rodriges yangi futbolchi Rodrigo De Paul uzatmasidan keyin hisobni tenglashtirdi.

Ushbu bahsda yulduzli duet — Lionel Messi va Jordi Alba maydonga tushmadi. Shuningdek, o‘yinni zaxiradan boshlagan Luis Suares va Serxio Buskets ham gol yoki assist bilan ajralib turishmadi.

Keyingi turda «Inter Mayami» o‘z maydonida «Chikago Fayr»ni qabul qiladi, «Di-Si Yunayted» esa safarda «Nyu-York Siti»ga qarshi o‘ynaydi. Har ikkala bahs 31 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

E’tiborlisi, «Di-Si Yunayted» MLSda 11 ta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti va Sharqiy konferensiyada 21 ochko bilan oxirgi — 15-o‘rinda bormoqda. «Inter Mayami» esa 46 ochko bilan 5-pog‘onada joylashgan.

MLS — Major League Soccer
Di-Si Yunayted (Vashington) — Inter Mayami (Mayami) — 1:1
Gollar: 1:0 — Xopkins (13’, Peltola), 1:1 — Rodriges (64’, De Paul).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:40, 24.08.2025.
O'qildi: 1554 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик