Ilgari ma’lum bo‘lganidek, Leverkuzenning "Bayer" klubi markaziy hujumchisi Viktor Bonifase "Milan"da tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Italiyaga yo‘l olgandi.
Fabrisio Romanoning so‘nggi xabariga ko‘ra, futbolchining o‘tishiga hali ham ruxsat berilmagan - hujumchi Milanda 48 soat o‘tkazgach, tibbiy tekshiruvlari natijasi bo‘yicha qaror kutib, Germaniyaga qaytadi.
O‘tgan mavsumda Bonifase "Bayer" safida 27 ta o‘yinda ishtirok etib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma bajardi.













